Boksçi Muhammad Alining hayoti va bosib ötgan yöli minglab insonlar uçun namuna vazifasini ötaydi. U tirik afsona deb atalişga loyiq — Muhammad Ali qaşşoq oilaning oddiy farzandi bölib jahon tan olgan boksçi va jamoat arbobiga aylangan. Xuddi Ali kabi boks tuşişni örganiş mumkin, lekin uning hayotiy qoidalariga amal qiliş hammaning ham qölidan kelmaydi.

Muhammad Ali hayoti davomida erişgan yutuqlariga maşğulotlar emas, aynan mana şu qoidalar sababçi bölganligini köp bora ta'kidlagan.

Yordam

Ali jabr çekkan yoki biror narsadan mahrum bölgan kişilar bilan juda köp muloqotda bölgan. U özidan yordam söragan har bir kişiga kömak berişga harakat qilgan va buni boşqalarga köz-köz qilmagan. U Xudo uni ma'lum bir vazifani bajariş uçun yaratganligiga işongan.

Ğurur

Ğururning kibrga heç qanday aloqasi yöq. Buni Ali isbotlay olgan. Inson nafaqat jismonan balki aqlan ham mukammal bölişga harakat qilişi darkor.

Özini bağişlaş, maqsadni aniqlaş va intizom

Ali bu uç narsaga butun hayoti davomida amal qilgan.

Mağlubiyat

Mağlubiyatni tan oliş murakkab fanga öxşaydi. Omadsizlik omad sari yöl ekanligini anglaş ğalaba sari muhim qadam taşlaşdir.

Öziga işonç

Öz kuçini anglab yetiş boşqalar imkoni yöq deb öylagan narsani bajarişga yordam beradi. Ojizlik siz va maqsadingiz orasida tez-tez paydo böluvçi tösiqdir.

Manba: