"Tolibon" jangarilariga keyingi bir neça oy davomida rahbarlik qilgan mulla Axtar Mohham Mansur Afğonistonda biroz oldin bölib ötgan jangda olgan oğir jarohatlari tufayli halok bölgan. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar tarqatgan.
Mulla Mansur taşkilot içida çiqqan nizolar tufayli sodir bölgan otişma vaqtida jarohatlangandi.
“Tolibon” iyul oxirida guruhning sobiq yetakçisi Mulla Umarning halok bölganini rasman tasdiqlagan va şu sababli uning örniga uning örinbosari Axtar Muhammad Mansur tayinlangan.
Afğonistondagi vaziyat oxirgi oylarda ançagina yomonlaşgan. Avval mamlakatning toğli hududlarida kattagina yerlarni egallab olgan “Tolibon” yirik şaharlarga hujum qilişni boşlagan. Sentyabr oxirida “Tolibon” jangarilari 300 mingdan köproq aholiga ega Qunduz şahrini bosib olgan, hozirda esa Ğazna viloyatining ma'muriy markazi hisoblangan Ğazna şahriga hujumlar olib bormoqda.






