2005 yilda Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Özbekiston Respublikasining jamoat ta'lim axborot tarmoğini taşkil etiş töğrisida”gi PQ-191- sonli Qarori asosida ZiyoNET tarmoği resurs markazi va uning Xalq ta'limi hamda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirliklaridagi bölinmalari taşkil etilgan edi.
Ötgan 10 yil içida köplab loyihalar işga tuşirildi, ta'lim sohasi va yoşlarning kundalik hayotida informatsion-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş böyiça yangiliklar joriy etildi. Jumladan, ZiyoNET portalining birinçi talqini 2006 yilda işlab çiqilib, foydalanuvçilarga taqdim etilgan edi. Sönggi yillarda ZiyoNET portalining interfeysi bir neça marotaba özgardi, portal ma'lumotlar va bölimlar bilan boyidi.
Hozirgi vaqtda ZiyoNET portalida kutubxona, audiokitoblar, e-Darslik, abituriyent, savol-javoblar, guruhlar, arboblar, öyinlar, xorijiy tillar va boşqa bölimlar mavjud.
Bundan taşqari, tarmoq resursi tizimi Tanlov.uz, uTube.uz, Fikr.uz, www.uz, ID.uz, zn.uz kabi loyihalarni ham öz içiga oladi. Mazkur röyxat 2015 yilda jahon madaniy merosining Meros.uz, şarq pazandaligiga bağişlangan chakchak.uz saytlari hamda ta'limiy uRadio.uz on-layn radiosi bilan töldirildi.






