Buxoro viloyatining Kogon şahrida istiqomat qiluvçi, muqaddam sudlangan Sattor Aminov bosqinçilik jinoyatida ayblanib, 8.5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.

Aytilişiça, bir neça oy muqaddam qamoqdan çiqib kelgan Aminov bir kuni tanişining iltimosi bilan Buxoro şahridagi maşina bozoriga borgan. Bozorda ança aylangaç, döstlar tamaddixonada ötirib, ovqatlanişgan va aroq içişgan. Kayfi oşgan Aminovning fikri buzilib, u yoğoç bölagi bilan qurollangan va fuqaro Rajab Makarovning uyiga bostirib kirgan.

Ança keksayib qolgan uy egasni qörqitib, pul talab qilgan Aminov xonadondan 3 mln söm olib çiqib ketgan.
Oradan bir muddat ötib, Makarov tegişli taşkilotlarga murojaat qilgan. Jinoyatçi tez orada qölga olinib, pullar egasiga qaytarilgan.