Insonni ikki dunyo saodatidan tösadigan, uni tubanlik va xorlik sari yetaklaydigan eng yomon illatlardan biri kibr-havodir. Alloh taolo kibr havoli, mutakabbir kimsalarni ogohlantiradi: “Albatta, menga ibodat qilişdan kibr qilgan kimsalar yaqinda tuban holatda jahannamga kirurlar” (Ğofir, 60).
Yana bir oyatida bunday kimsalarga qarata: “Yer yuzida kibrlanib yurma! Çunki sen (oyoqlaring bilan) zinhor yerni teşa olmaysan va uzunlikda toğlarga yeta olmaysan” (Isro, 37)deya tanbeh beradi.Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: "Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Alloh taolo kibriyo (uluğlik) ridoimdir. Azimlik izorimdir. Kim ularning ikkisidan birida Men ila nizo qilsa, uni dözaxga taşlayman, degan”, dedilar" (Abu Dovud, Muslim rivoyati). Demak, kibr va izzat faqat Allohga xos ekan, bu sifatlar bandaga töğri kelmas ekan. Kim bu sifatlarni Alloh bilan talaşsa, ya'ni, şu sifatlar bilan sifatlanişga urinsa, Alloh taoloning azobiga uçraydi. Alloh taoloning “Kibriyo (uluğlik) ridoimdir. Azimlik izorimdir” deyişi bu ikki sifat Allohga xuddi mazkur ikki kiyim kişiga lozim bölganidek lozim ekaniga işoradir.
Ibn Umar (roziyallohu anhu) bir kişining libosi tufayli kibrlanayotganini körib: “Yer yuzida ham şaytonning tuğişganlari köp! Şayton kibrga berilib, Odamni mensimagani uçun Allohning rahmatidan mahrum etilgan edi... “, dedi. Ibn Umar bu sözni ikki yoki uç marta takrorladi.
Hazrat Abu Bakr (roziyallohu anhu): “Heç bir musulmon özidan boşqa bir musulmonni haqir va kiçik deb bilmasin, çunki kiçik köringan musulmon Alloh nazarida kattadir”, dedilar.
Vahb ibn Munabbah aytdi: “Alloh taolo Adn jannati (jannatning eng maqbul yeri)ni yaratdi va unga qarab: “Sen jamiki mutakabbirlarga haromsan”, dedi.
Imom Ğazzoliy: “Saodat kaliti huşyorlik va fahmu farosatdadir. Badbaxtlik manbasi kibr va ğaflatdadir , dedilar.
Darhaqiqat, kufr va ma'siyatdan kattaroq balo-ofat yöqdir. Kibr-havo tufayli insonlar haqiqatni körmaydilar, şu sabab şayton ularni osonlik bilan öz izmiga soladi: osongina turli xil buzuq yöllarga kiradilar, botil aqidalarga ergaşib ketadilar. Bunday adaşişlar esa jamiyat hayotini izdan çiqadi, parokandaliklar keltirib çiqaradi.
Illatlarning da'vosi ilm-ma'rifat. Imon ilm bilan mukammallaşadi. Ilm nafsni tarbiyalaydi. Ezgulik, adolat, fidoyilik va vatanparvarlikni örgatadi.
Ilhom VALIYeV,






