Bir kun kelib, yolğiz qolganingizni tuşinib yetasiz. Siz doim yolğiz bölgansiz, faqat bu fikrning kelişi biroz keçikkan edi xolos. Ota-onalar ötib ketadi, sevimli insonlar xiyonat qiladi, bolalar katta böladi. Vaqti kelib özingiz ulardan qalban uzoqlaşişni boşlaysiz. Çunki ular uçun begonaga aylana borasiz. Aynan nima sodir bölişi ahamiyatli emas, ammo unutmang, yolğizlik siz bilan yonma-yon yuradi. U istagan paytda taşrif buyuradi. Yoşning ötib borişi — heç qanday dramatizmsiz yolğiz qolişdir. Bunga tayyorgarlik körişda quyidagilar as qotadi.
Qarindoşlardan taşqari barçani özgartirsa böladi. Heç kim va heç narsa yagona nusxada bölmaydi. Garçi umumiy qiziqişlaringiz hali şakllanmagan bölsada, hayotingizga yangi insonlarning kirib kelişiga imkon bering. Bir kun kelib yolğiz qolganingizda, bu sizga yordam beradi.
Barçasini yangisidan boşlang: taom, kiyim-keçak, yönalişlar, gadjyetlar, faollik, filmlar, kitoblar, teoriyalar, xullas, barça-barçasini. Miya tarkibining aksariyati dangasalikdan taşkil topgan. U qança imkon bölsa, şunça bir joyda qotib qolişni yaxşi köradi va qolgan narsalarni esdan çiqaradi. Şu bois uni bir joyda töxtab, uşlanib qolişiga yöl qöymang. Agar bir nimadan siqilsangiz, qörqsangiz yoki istamasangiz doim biror-bir narsani yangisidan boşlaşga harakat qiling.
Mumkin bölganlarni keçiring, qolganlarni esa unutib yuboring. Unutiş — eng zör jazo va eng yaxşi doridir. Heç kim bilan heç qaçon tortişmang, yaxşisi özingizga qarab yuring.
Şoşilişga hojat yöq. Tez sodir böladigan narsalarning umri qisqa böladi. Agar nimanidir çin yurakdan qilişni istasangiz, albatta, qilasiz. Tavakkal istaklar va tartibsiz harakatlarga imkon bermang. Nimadir qiling, çunki orzularingiz sizni uzoq vaqt kuzatib yuradi.
Nimanidir bajarişni istayapsiz va şu işingizni töğri, deb hisoblaysiz, uni bajaring. Istak bor joyda hayot böladi. Xohişlaringizni içingizda yaşaşiga imkon bering va ularni kuzatib boring. Yöqolib ketmadimi — uni amalga oşiring.
Könglingizda qandaydir istak bormi? Unda taslim bölmang. Omad — bu tajriba. Har qanday omadsizlik — tajribaning yetişmasligi va faqat tajriba bilan qoplanuvçi holatdir. Jasurlik va tavakkalçilik — bu tajriba. Mutlaq qaysarlik bilan körinuvçi holat ham tajriba. Dadillik, sabrlilik, keçira bilişlik, barqarorlik va erkinlik — bularning bari tajriba. Asosiysi — nimanidir xohlab turganingizda taslim bölmaslik.






