«Çelsi» jamoasi 5 dekabr oqşomida Ctemford Brijda ötkazilgan 15-tur uçraşuvida «Bornmut»ga yutqazib qöydi (0:1).
Öyinning 82-daqiqasida Myurrey tomonidan urilgan gol, yakunda mehmonlarga ğalabani taqdim etdi.
Şunday qilib, «Çelsi» sönggi 41 yil içida amaldagi çempion sifatida dastlabki 15ta öyinning 8tasida mağlub bölgan dastlabki klubga aylandi.
«Çelsi» ustozi Joze Mourino dastlabki 250ta uydagi öyinda 5ta mağlubiyat qayd etgandi. Joriy mavsumdagi sönggi 7ta uçraşuvda esa 4 bor mağlubiyatli öyin ötkazildi.
Ayni vaqtda jamoa 15 uçraşuvdan 15 oçko jamğargan holda turnir jadvalining 14-örinida qolmoqda.
Angliya çempionati, 15-tur
Çelsi – Bornmut 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 82 Myurrey.
Çelsi – Kurtua, Zuma, Baba (Traore, 83), Ivanoviç, Keyxill, Azar, Villian, Oskar (Diyego Kosta, 46), Fabregas (Remi, 83), Pedro, Matiç.
Bornmut – Boruts, Kuk, Deniels, Frensis, Smit, Arter, Ritçi, Stanislas, Gosling, King (Myurrey, 80), Serman.
Ogohlantirişlar: Pedro (21), Serman (23), Diyego Kosta (63).






