Sony kompaniyasi 2016 yilning 5 yanvar kuni CES elektronika körgazmasi doirasida matbuot anjumani ötkazişini tasdiqladi. U özining yangi flagmani haqida bir oy oldin — Mobile World Congress (MWC) körgazmasida ma'lum qilib bölgan edi.

Xperia Z6 haqida söz ketganida, avvalo, uning yangi dizayni barçaning diqqatini öziga tortdi. Texnik tomondan ham yangi qurilma yangilangan. Agar ovozalarga e'tibor qaratiladigan bölsa, Sony Mobile Xperia Z6 ning birdaniga turli modellarini işlab çiqarişi kutilmoqda.

Bular: Xperia Z6 Mini (X45), Xperia Z6 Compact (X55), Xperia Z6 (X60), Xperia Z6 Plus (X65) va Xperia Z6 Ultra (X50) modellaridir.

Ular içida Xperia Z6 Mini Qualcomm Snapdragon 620 protsessorida, Xperia Z6 ning boşqa versiyalari esa Snapdragon 820 protsessorida işlaydi.

Odatiy Xperia Z6 versiyasi 5,2-dyuymli displeyga ega. Mini-variant esa 4-dyuym, Xperia Z6 Compact 4,6 dyuymli displeyga ega. Sony Xperia Z6 Plus va Xperia Z6 Ultra modellari esa 5,8-dyuym va 6,4-dyuymli etib çiqariladi.