2015 yilning 6 dekabr kuni “Jizzax” Maxsus industrial zonasida keng assortimentdagi "Roison Home White Goods" zamonaviy elektrotexnika mahsulotlari işlab çiqariş qöşma korxonasining oçilişi marosimi böldi.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 23 yilligi arafasida Jizzax şahrida işga tuşirilgan yangi sanoat korxonasining oçiliş marosimiga viloyat va şahar hokimligi, keng jamoatçilik vakillari, faxriylar, yoşlar va ommaviy axborot vositalari vakillari töplandilar.


Bugungi kunga kelib, “Jizzax” MIZ hududida bir-birini takrorlamas, turli xalq iste'moli tovarlari işlab çiqariş quvvatiga ega bölgan yirik sanoat korxonalari, jumladan, maişiy texnika mahsulotlari işlab çiqaradigan korxonalar soni tobora ortib bormoqda.
Loyiha qiymati 26,6 mln. AQŞ dollarini taşkil etadigan mazkur korxonaning yillik quvvati 650 ming dona maişiy texnikalar işlab çiqarişga ixtisoslaştirilgan. Jumladan, 100 ming dona muzlatgiç, 50 ming dona konditsioner, 50 ming dona kir yuviş maşinasi, 100 ming dona gaz plitasi, 100 ming dona LED televizorlari, 50 ming dona çangyutkiç va 200 ming dona elektr duxovka peçlari işlab çiqariladi.

Eng muhimi, mazkur korxonaning işga tuşirilişi natijasida 340 ta yangi iş örni yaratilişi fuqarolarimiz, ayniqsa, kollej bitiruvçilarining bandligigi ta'minlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirda korxonaning joriy yilda işga tuşirilayotgan 15,3 mln. AQŞ dollarilik birinçi bosqiçida 325 ming dona maişiy texnika vositalari işlab çiqariladi va 200 ta iş örni yaratiladi. 2016 yilda 11,3 mln. AQŞ dollarilik ikkinçi bosqiçda esa 140 nafar yoşlar doimiy iş örinlariga ega böladilar.










