AQŞ prezidenti Barak Obama özining murojaatida Kongress Suriyada IŞIDga qarşi kuraşni davom ettirişga ruxsat berişi lozimligini ta'kidladi. Ayni paytda AQŞ u yerdagi operatsiyani oliy boş qömondon bölgan prezidentning topşiriğiga binoan amalga oşirmoqda. Ammo respublikaçilar prezidentning terrorga qarşi kuraşi yetarli samara bermayapti deb hisoblamoqda.

Öz navbatida, Barak Obama, IŞIDni yöq qilişga va'da bergani bilan, yer usti operatsiyasi ötkazilmasligiga işora qildi. Respublikaçilarning fikriça esa, bunday harbiy amaliyotsiz raqibni butunlay tor-mor keltirib bölmaydi. Iroq va Suriyadagi jangarilarga havodan zarba beriş bilan iş bitmaydi, deb hisoblamoqda ular.
Şu bilan birga, Obama Kongress olib borilayotgan harbiy harakatlarni tasdiqlaşni yana bir bora söradi.

“Kongress amerikaliklar taşqi xatar oldida birlaşganini va bu kuraşga sodiqligini körsatadigan payt keldi”, - ta'kidladi Oq Uy rahbari.
Bugungi kunga qadar Suriyadagi harbiy amaliyotlarga sarflangan mablağ 5.2 mlrd dollarni taşkil qilmoqda, lekin natija haligaça körinmayapti. Bu ham muxolif kuçlar va respublikaçilar partiyasi namoyandalarining keskin tanqidlariga sabab bölmoqda.

Xalqaro xavfsizlik sohasi mutaxassisi professor Igor Zevelevning fikriça, AQŞda prezidentlik poygasi bölayotgani tufayli har qanday masala katta siyosat darajasiga olib çiqilmoqda. Şunga qaramay, bugungi kunda mamlakatda Suriya masalasiga bölgan yondaşuv siyosatçi va faollarni ikki qutbga ajratmoqda: isteblişmentning bir guruhi qat'iy çoralar köriş tarafdori bölsa, boşqa qismi izolyatsionizm yölidan boriş hamda mö'tadil tadbirlarni amalga oşiriş tarafdorlaridir.