Toşkentda olx.uz saytida (sobiq torg.uz) avtomobil sotiş bilan firibgarlik qiluvçi firibgarlar paydo böldi.

Feysbukda “Voditeli Taşkenta” guruhi foydalanuvçisining ma'lum qilişiça, jinoyatçilar aynan bir sxema böyiça işlamoqda.

“Firibgarlar göyoki çet elga doimiy ravişda yaşagani ketganlari va Özbekistonga qaytmasliklarini, özbek raqamiga ega maşinani sotişayotganini, özlari bilan maşinani olib ketişgani, biroq maşina Özbekistonda hisobda turgani uçun uni rastamojka qiliş qimmatga tuşayotgani va endi past narxda sotişayotganini aytib, sizda pul borligini isbotlaş uçun 50 foiz pulni istalgan odamga pul ötkazmasi bilan ötkazib, söngra pul ötkazilgani haqidagi tasdiqnomani (suratga olingan bank koreşogini) yuborişni, maşina rasmiylaştirilgandan keyin esa qolgan pulni berib, bankda pul oluvçini özgartirişingiz va şu bilan bitim yakunlanişini aytişmoqda. Firibgarlarga uçrab qolmang”, deb ogohlantirmoqda xabar muallifi.       

Avvalroq joriy yilning sentabr oyida Namangan viloyatida avtofiribgarlarning faoliyatiga çek qöyilgani ma'lum qilingandi. Ular tomonidan amalga oşirilgan operatsiyalar hajmi bir neça mlrd sömdan köproqni taşkil qilmoqda. Firibgarlar köpçilik avtomobil egalari maşinalarini qarzga bölib-bölib sotişlaridan foydalanib, bir neça önlab odamlarni çuv tuşirişgan.