AQŞ prezidenti Barak Obama millatga murojaatida Kaliforniyaning San-Bernardino şahrida sodir etilgan qotilliklarni terakt deb atab, Kongressni IŞIDga qarşi harbiy kuç qöllaşga ruxsat berişga çorladi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
“Bu begunoh insonlarni öldirişga qaratilgan terrorçilik akti böldi”, - ta'kidladi AQŞ rahbari.
“Terrorçilik xavfi real tus olmoqda, AQŞ uni yengib ötişi lozim”, - qöşimça qildi u.
Obama AQŞ harbiylari butun dunyo böylab terrorçilarni ovlaşda davom etişini ta'kidlab ötdi.
“Biz IŞIDni va bizga ziyon keltirmoqçi bölgan har qanday taşkilotni yöq qilamiz”, - xulosa qildi prezident.






