Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligi bayramiga qöqonlik transportçilar munosib tuhfa tayyorlaşdi. Ertaga şahar aholisiga bepul transport xizmati körsatiladi.
Kundalik turmuşimizni avtotransport vositalarisiz tasavvur etib bölmaydi. Avtomobillar uzoğimizni yaqin, oğirimizni yengil qiladigan eng maqbul kömakçiga aylanib ulgurdi.
Xususan, viloyatimizda ham avtotransport xizmatlari faoliyatini tartibga soliş, ular tomonidan yölovçilar taşiş sifati va xavfsizligini ta'minlaş maqsadida köplab işlar amalga oşirilmoqda. Natijada aholiga transport xizmat körsatiş sifati keskin yaxşilanib bormoqda. Viloyat hokimining 2015 yil 25 noyabrdagi “Viloyatda umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari öquvçilarini yönalişli avtobus va mikroavtobuslarda imtiyozli va bepul taşişni taşkil etiş töğrisida”gi qarori ham barçani mamnun etdi.
Ayni kunlarda Qöqon şahrida 10 ta yölovçi taşiş bilan şuğullanayotgan korxonalar faoliyat körsatmoqda. Ularda 250dan ziyod zamonaviy avtobuslar bor.
-Hamşaharlarimizga bayram kunida quvonçlariga şerik bölayotganimizdan xursandmiz, -deydi “Invest trans” mas'uliyati çeklangan jamiyati rahbari Baxtiyor Raupov. –Jamiyatimizning 50 ta avtobuslari bayram kuni aholiga bepul transport xizmati körsatişadi.
M. SULAYMONOV.






