Qozoğiston kemalari Ozarbayjonning Kaspiy dengizidagi platformasida sodir bölgan yonğindan söng suv hududidagi nazoratni kuçaytirdi. Novosti-Kazaxstan agentligining mamlakat çegara xizmatiga tayanib xabar qilişiça, jarohat olganlar va zarar körganlarni topib, ularga yordam beriş maqsadida patrul xizmatlari ertayu keç işlamoqda.

Ozarbayjon davlat neft kompaniyasining “Gunaşli” neft qazib oluvçi platformasida sodir bölgan yonğin juma kuni, Kaspiy dengizidagi töfon tufayli gaz liniyasining uzilişi oqibatida sodir böldi. Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, 30 kişi dom-daraksiz ketgan, 1 kişi halok bölgan, 32 kişi qutqarib olingan. Ozarbayjonda bir kunlik motam e'lon qilingan.

Ozarbayjon davlat neft kompaniyasi prezidenti örinbosari Xoliqa Mamedovaning sözlariga qaraganda, Ozarbayjon Kaspiyböyi davlatlariga yordam sörab murojaat qilgan.

“Hozirça mintaqada murakkab meteoşaroitlar saqlanib turibdi. Şunga qaramay, qirğoq qorovuli xizmati boşliği tomonidan javobgarlik zonasidagi katerlar va kemalarga vaziyatni töxtovsiz nazorat qiliş topşirildi. Qandaydir obektlar yoki aziyat çekkanlar aniqlangan taqdirda hisobot beriş hamda zaruriy yordamni körsatiş topşirildi”, - dedi kompaniya matbuot xizmati.