Ötgan hafta Xalqaro valyuta jamğarmasi mintaqaviy iqtisodiy şarhi taqdimoti çoğida Tojikiston prezidenti devoni vakillari 2014 yili Tojikistonga quruq meva eksportidan 1.4 mlrd dollar kirib kelganini bayon qilişdi. Bu son tojikistonlik jurnalistlarda şubha uyğotdi, şu bois ular masalani tekşirib körişdi.

News.tj sayti xodimlari bu songa izoh sörab iqtisodiy rivojlaniş va savdo vazirligiga murojaat qilişdi. Aniqlanişiça, vazirlik xodimlari mehnat muhojirlarining mamlakatga yuborayotgan pul ötkazmalarining real hajmini aniqlaşga harakat qilişgan va bunda ötkazmalarning bir qismi boşqaça asosga egaligi ma'lum bölgan.

Ayni paytda Rossiyada, RF Federal migratsiya xizmatining rasmiy ma'lumotlariga qaraganda, Tojikistonning 1 mln fuqarosi işlamoqda, şulardan 250 ming nafari ikkita fuqarolikka egadir. Şu tariqa, ularni mehnat muhojirlari deb bölmaydi. Qolgan 750 ming kişiga kelsak, ular oyiga örtaça 500 dollar, yiliga 6 ming dollar topadi. 750 ming muhojirning yillik umumiy daromadi 4.5 mlrd dollarni taşkil qiladi.

Bu summaning yarmi Rossiyaning özidayoq sarflanadi, qolgan 2.25 mlrd dollar esa Tojikistonga yuboriladi. Şunga qaramay, milliy bank ma'lumotlariga qaraganda, 2014 yilda pul ötkazmalari hajmi 3.9 mlrd dollarni taşkil etgan, bu esa YaIMning 45 foizi demak. Yuqorida keltirilgan real sonni bu körsatkiçdan ayrisak, 1.65 mlrd dollar qoladi. Bu pul mamlakatga, muassasa mutaxassislarining fikriça, pul ötkazmalari şaklida, lekin mehnat muhojirlaridan emas, quruq va xöl meva eksportçilaridan kirib keladi.

Rossiya bozoridagi raqobatga bardoş bera oliş uçun eksportçilar şu yöl bilan tejaşga harakat qilişadi, negaki muhojirlarning pul ötkazmalari soliqqa tortilmaydi. Aynan mana şu hisob-kitoblar asosida yuqoridagi son (1.4 mlrd dollar) paydo bölgan va rasmiy doirada tilga olingan.