Tayyorlanişi yaxşi bölgan reklama e'tiboringizni tortadi va uzoq vaqt davomida yodda qoladi, aynan mana şu jihat ijtimoiy masalalar uçun juda muhim. Insonlarni öylaş va harakat qilişga majbur etiş salmoqli özgarişlar yölidagi ilk qadamdir.

Bizni bu yil hayratga solgan ijtimoiy reklamalardan bazilarini misol keltirib, e'tiboringizga havola etmoqdamiz.

1.  Telefonli devor

2.  Pekindagi Ogilvy kompaniyasi gadjyetlar hayotimizda qanday örin tutişini aks ettiruvçi kampaniyani yaratdi. Kompaniya şiori: “Qançalik köp suhbatlaşsak, şunçalik kam suhbatlaşamiz”.

3.  Çekişga qarşi ijtimoiy reklama

Taşqi reklama operatori Russ Outdoor ijodkor agentlik MILK bilan hamkorlikda “Baribirmi?!” ijtimoiy loyihasi doirasida tayyorlagan reklama mana şunday körinişda. Kampaniyaning maqsadi – yoş ayollar va bölajak onalar diqqatini çekiş sababli yuzaga keluvçi farzandsizlik rivojlanişi muammosiga qaratişdan iborat.

4.  Tezlik öldiradi

5.  “Tezlik öldiradi” – bu şior ijtimoiy kampaniyalarda avval ham bir neça marotaba qöllanilgan. Western Cape Government reklama agentligi ğoyani töğri surat bilan töldirdi.

6.  Qöpol bölma

7.  RATP fransuz kompaniyasi insonlarni boşqa yölovçilarga hurmat bilan munosabatda bölişga undaydigan ijtimoiy reklama yaratdi.