Citroen kompaniyasi E-Mehari nomini olgan seriyali krossover-kabrioletni rasman namoyiş qildi. Model 2016 yil bahoridan Fransiyada sotuvga çiqariladi. Keyingi yil oxirigaça model boşqa davlatlar bozorida ham paydo böladi, biroq hozirça bu qanday davlatlar bölişi noma'lum.

E-Mehari boşqa bir ixçam kabriolet Bollore Bluesummer negizida qurildi. Bu kabriolet PSA Peugeot Citroen guruhining Renndagi korxonasida işlab çiqariladi. Yangi modelning dizayni C4 Cactus yöltanlamasi stilida bajarilgan. Biroq “Mexari”da Airbump panellari yöq, birinçi qator örindiqlar esa yagona suyançiqqa ega bölgan divan emas, balki ikkita alohida örindiqlardan iborat.
Citroen E-Mehari’ning uzunligi 3,81 metr, eni 1,87 metr, balandligi 1,65 metrni taşkil qiladi.

Krossover-kabriolet 50 kilovatt maksimal quvvatga (68 ot kuçi) ega elektr dvigatel yordamida harakatga keltiriladi. Motor 30 kilovatt-soat hajmga ega litiy-polimerli akkumulyatordan quvvatlanadi. Avtomobilning maksimal yuriş zaxirasi 200 km ni taşkil qiladi. U soatiga 110 km tezlik bilan yurişi mumkin.







