IŞID guruhi tarafdorlari tarqatgan yangi videolavhada “Tolibon” terrorçi harakati umumiy prinsiplardan voz keçişda ayblandi. Bu haqda Khaama agentligi xabar bermoqda.

Videoda namoyiş etilgan şaxs özini Abu Yosir al-Afğoniy deb taniştirib, toliblarni Pokiston razvedkasi bilan hamkorlikda ayblagan. Bundan taşqari, IŞID Tolibon a'zolari “noislomiy” masjidlarni vayron qilmayotganidan norozi ekanligi bayon qilingan. Qanday masjidlar terrorçilar tomonidan “noislomiy” deb topilgani tuşuntirilmagan.

Oxirgi oylarda IŞID Afğonistonda ham öz hududlariga ega böla boşlagani haqida gap-sözlar tarqamoqda.