Mazda kompaniyasi öz konsepsiyasi böyiça barça yöllar uçun möljallangan universal Subaru Outback’ga yaqin böluvçi model işlab çiqarişni rejalaştirilmoqda. Yangi model sentabrda Frankfurt avtosalonida namoyiş qilingan Koeru kontseptual krossoveri stilida yaratiladi. Bu haqda yapon markasining rahbari Masamiçi Kogaiga iqtibos keltirgan holda Automotive News naşri ma'lum qildi.

“Bu mutloq yangi avtomobil – universalga yaqin sport krossoveri böladi. Unda CX-9, CX-5 va CX-3 modellaridan köra pastroq yöl bilan oraliq böladi, bu haydaşdan qöşimça zavqlanişni ta'minlaydi”, deb aytdi Kogai.

Kogaining aytişiça, beş eşikli model CX-5 yöltanlamasining “sport muqobili” sifatida talqin qilinadi.

Avtomobilning dvigatellari haqida ma'lumot hozirça yöq. Misol uçun, Rossiyada Mazda CX-5 modeli 2,0 va 2,5 litrli 150 va 192 ot kuçiga ega benzinli motorlar hamda 2,2 litrli 175 ot kuçiga ega dizel dvigatel bilan taklif qilinadi.

Kogai yangi model aynan qaçon paydo bölişini aytişdan boş tortdi. Sentyabr oxirida internetda Mazda Koeru’ning sinov prototipi suratlari paydo bölgandi. Koeru’ning uzunligi 4600 mm ni, eni 1900 mm ni, balandligi 1500 mm ni, ğildirak bazasi ölçami esa 2700 mm ni taşkil qilgan.