Ijtimoiy tarmoqlarning birida onalar töğrisida ta'sirli hikoya öqib qoldim. Uning muallifi, yozilgan sanasi, qaysi mamlakatda bölib ötgani, töqimami yoki bölgan voqeami – noma'lum. Biroq onalarni e'zozlaş, ularning qadriga yetişga undaydigan, kişini öyga toldirar ekan:
“Ertalab çoy içib ötirgandim. Ayolim kelib, yonimga ötirdi. Piyolaga çoy quyib uzatarkan, asta gap boşladi:
- Dadasi, bugun boşqa bir ayolni keçki ovqatga taklif qilişingizni istayman.
Çaynab turgan nonim tiqilib qolayozdi.
-Tinçlikmi, onasi? Qanaqa ayol bilan keçki ovqatga boraman, körganlar nima deydi, esingni yedingmi? - dedim özimni önglab.
- Men sizni qattiq sevaman, xammadan qizğonaman, lekin aniq bilamanki, u ayol sizni mendan-da ortiq sevadi, va siz bilan bir soniya bölsada birga suhbat qurib, diydoringizga töyişni istaydi. Bu inson sizning onangiz, - dedi ayolim.
Çuqur öyga tolib qoldim. “Mana 19 yildirki, onam dadamsiz, birgina ukam bilan qişloqda yaşaydi. Uçta bola va ayolimni yaxşi kiyintirib, yaxşi boqaman, deb biror marta onamga tuzukroq e'tibor bermabman. “Öğil bölmay ket, tur örningdan”, deya özimni özim koyib örnimdan turdim. Telefonimni olib onamga qönğiroq qildim.
Onam göşakni kötariboq: “Tinçlikmi, bolam, nima böldi, bunça barvaqt telefon qilding”, - deb qoldilar.
- Onajon, xavotirlanmang. Faqat yomon narsa bölişi kerakmi, saharlab qönğiroq qilişim uçun? Sizni soğindim, - dedim nafasim qisilib.
Onam quloqlariga işonmadilar şekilli. Çunki bu gapni ança yillardan beri birinçi marta aytişim edi.
- Bolam, gaplaring yoqmayapti. Xuddi ölimidan oldin vasiyat qiladiganlarga öxşab gapirma! Nima böldi? - deya yana söradilar.
- Heç narsa emas, onajon. Maylimi, bugun keçga sizni biror restoranga keçki ovqatga taklif qilsam? Ikkalamiz şu oqşomni birga ötkazsak?
- Bir oz jim qoldilar-da, “Jon-jon deyman, bolam” - dedilar-da piqillab yiğlab yubordilar.
Keçqurun maşinamga minib, onamning uyi tomon ketarkanman, xuddi uzoq kutgan sevgilisi bilan uçraşuv oldidan hayajonga tuşib qoladigan oşiqdek, balki undan ham battar holga tuşib, yuragim tez-tez ura boşladi.
Yetib kelib töxtaganimda havo sovuq bölişiga qaramay, onam darvoza oldida kutib turardilar.
- Onajon, nega çiqib oldingiz? Kelib özim olib çiqardim, sovuqda muzlabsiz-ku?
Onam kelib peşonamdan öpib, söraşdilar-da, “Bolam, yuragim toqat qilmay çiqib oldim”, - dedilar.






