Noyabr oyi oxirida Vladimir Kliçkoni mağlub etib superoğir vazn toifasida jahon çempioniga aylangan britaniyalik Tayson Fyuridan Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) çempionlik kamarini olib qöydi.
Manbaning ma'lum qilişiça, Fyuri öziga tegişli bölgan uşbu çempionlik kamarini majburiy da'vogar ukrainalik Vyaçeslav Glazkovdan himoya qilişni istamagani uçun jazolangan.
U Glazkovning örniga Kliçko bilan yana uruşişni istagandi. Ayni vaqtda bokçining vakillari bu qaror yuzasidan apellyatsiya berişga tayyorlanmoqda.
Endi IBF çempionlik kamari uçun jang Vyaçeslav Glazkov hamda reytingda törtinçi örinni egallab turgan va mağlubiyat nimaligini bilmay kelayotgan amerikalik pançer Çarlz Martin örtasida bölib ötişi kutilmoqda.
11 dekabr kuni IBF taşkilotining AQŞning Nyu-Jyersi ştati Springfild şahrida joylaşgan ştab-kvartirasida promouterlar örtasida uşbu çempionlik jangiga egalik qiliş uçun erkin savdo ötkaziladi.






