Yaqindan boşlab Rossiya matbuoti, u xoh davlatga qaraşli, xoh nohukumat matbuoti bölsin, Islom davlati (yoki IŞID)ni DAIŞ atamasi bilan ifoda etişga ötdi. Undan avvalroq esa Fransiya prezidenti Fransua Olland va boşqa xorijiy jurnalistlar barça terrorçilarni şu nom bilan atay boşlagan edi. Ma'lum bölişiça, bahor oylaridayoq Rossiya Dinlararo kengaşi hukumatga murojaat qilib, “Islom davlati” degan iborani “DAIŞ” ga özgartiriş taklifi bilan çiqqan ekan. Ammo öşanda bu iltimosga e'tibor qaratilmagan.

Bir jihatdan Yaqin Şarqda faoliyat yuritayotgan terror guruhini arab tilida talqin qilinganidek, DAIŞ («ad-Davlat al-Islamiyya fil-Iroq vaş-Şom») deb ataş töğriroq böladi. DAIŞ – aslida “Iroq va Şom islom davlati” degan ma'noni anglatsa-da, qisqartirib faqat, abbreviatura qöllanilganda haqoratli «dayus» degan ma'noni beradi. Arabçada Daesh (داعس), qabih niyatli insonlarga nisbatan işlatiladi. Axir “Islom davlat”i ham buzğunçilik bilan şuğullanib kelayotgani heç kimga sir bölmay qoldi.

Şu sababli, NATO, BRIKS, ASeAN kabi abbreviaturalar asl holida qöllanilgani kabi, DAIŞni ham arab tilida talqin qilinganidek işlatiş maqsadga muvofiq. “Islom davlati” atamasi, bu - islom dini va musulmonlarga nisbatan haqoratdir.

Qolaversa, poytaxti ham, valyutasiyu aniq hudud va çegaralari ham bölmagan, kelajakda biror bir maamlakat tan olmaydigan terror taşkilotiga «davlat» iborasini ham qöllaş töğri bölmasa kerak. Jinoiy taşkilotning islomga ham, davlatga ham mutlaqo aloqasi yöqligi kundek ravşan-ku.

Iroq va Suriyaning ma'lum hududlarini egallab olgan terrorçilar radikal nuqtai nazaridagi davlatni barpo etmoqçi. Agar biz ularni “Islom davlati” deb ataydigan bölsak, ularning ğoyalarini tarğib-taşviqot qilayotgan bölmaymizmi?

Şuningdek, bu taşkilot şariat qoidalariga amal qilib faoliyat yuritayotganiga ham heç kim işonmayapti. Islom dinida tinç aholi vakillarini öldiriş, bolalardan uruşda foydalaniş qatiyan taqiqlanadi. DAIŞ esa islom taqiqlagan amallarni qilmoqda. Ularni “Islom davlati” deb emas, mintaqadagi boşboşdoqlikdan foydalanib qolayotgan terror guruhi deb ataş töğriroq böladi.

DAIŞ va uning atrofida yuz berayotgan voqealardan köproq musulmonlar aziyat çekmoqda. Bugungi kunda dunyoda islom deganda kesilgan kallalar, qotilliklar, portlaşlar, xunrezriklar tuşuniladigan bölib qoldi. Aslida Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Oçiq Xat” (Toşkent, “Hilol nashr”, 2015) kitobida livanlik yozuvçi olim Muhammad Sammokka tayanib, ta'kidlab ötganlaridek, “terror arab ixtirosi yoki islomiy bid'at emas, balki zamonaviy asrda siyosiy iztiroblar natijasida yuzaga kelgan nafratning bir körinişidir. Aslida terror ikki asr oldin yuzaga kelgan”. Şayx hazratlari tolibon kabi terror guruhlarini bemazhablar deb atar ekanlar, “Ular özlariga nasihat qilganlarni ham kofirga çiqara boşladilar. Hamma tarafda jihod qiliş va islom davlati tuziş haqida gap-söz, yoziş-çiziş köpayib ketdi. Hammasini jamlab, birorta kiçikroq korxonaga rahbar qilib qöyilsa, boşqara olmasliklari aniq kimsalar butun dunyo böyiça hukm suradigan davlat quriş haqida bong urar edilar. Islomdan bir-ikkita narsani örganib olib, özini bilimdon sanagan bu çalasavodlar özlariga nasihat qilmoqçi bölgan olimlarni kofirdan olib kofirga solişar, ularni Islomga qarşi çiqişda ayblar edilar”, deya yozadilar. Şayx hazratlarining fikriça, ular özlarining islom borasidagi savodsiz tuşunçalari böyiça iş yuritib, hammaga kulgu böldilar. Eng açinarlisi, Islomning obrösiga futur yetkazdilar.