Dxarmendra — maşhur hind kinoaktyori, prodyuser, siyosatçi. Panjoblik (janubiy Hindiston) bu aktyor öz imidjini yaratib, oilasi va qişloğining faxriga aylandi. U — nufuzi jihatidan Hindistonda uçinçi poğonada turuvçi “Padma Bxuşan” fuqarolik mukofoti sovrindori. “Filmfare”, “Zee Cine” va hind kinoakademiyasi mukofotlari bilan ham taqdirlangan. Ekranda mardonavorlik timsolini öziga xos tarzda aks ettirgan aktyor hozirgi sakson yoşida ham hurmat bilan tilga olinadi. Dxarmendra ijrosidagi özbek va hind kinoustalari tomonidan suratga olingan “Alibobo va qirq qaroqçi sarguzaştlari” filmini 70 dan ziyod mamlakat sotib olgan. Mazkur kartina Hindistonda töqqiz oy mobaynida ekranlardan tuşmagan...
“Sen, yaxşisi, xokkey öyna!” Dxarmendra — Dxaram Keval Krişn Singx Deol 1935 yilning 8 dekabrida Panjob ştatining Fagvar qişloğida dunyoga kelgan. U tuğilgan oila eski aqidalarga berilgan va kelajakda bolakayning aktyor bölişi heç kimning xayoliga ham kelmagan edi. Dxaram esa bolaligidan kinoga tuşişni orzu qilardi.
19 yoşida uylangan Dxaram Amerikaning Hindistondagi korxonalaridan birida burğulovçi bölib işlay boşladi. Ammo kinoga bölgan intilişini aslo susaytirmadi. Avval boşdan kinoga orzumand Dxaram qadrdon qişloği Pxagvardan bir neça çaqirim yöl bosib, Surayyoning suratga tuşayotganini köriş boşqa hududga yöl olardi. U burğulaş korxonasida xizmat qilayotgan bölsa-da, bu işga mehr qöya olmadi.
Dxarmendra qiyofasida şoirona hissiyot va askarona qat'iyat uyğunlaşib ketgan va... boşqa heç nima kerak emas edi. Şon-şuhratining çöqqisida Dxarmendrani dunyodagi eng çiroyli ön nafar erkagi safiga qöşişgani bejiz emas.
U aktyor bölişga qat'iy ahd qildi. Pagxvardan ketişi oson bölmadi, albatta. Aktyorlikni orzu qilgan Dxaram Filmfare tanlovida qatnaşiş uçun poyezdga ötirib, Bombeyga yöl oldi. Biroq kinosinovdan söng rejissyor unga xokkey öynasa yaxşiligini maslahat berdi. Xayriyat prodyuser Xingorani Dxaramga işondi va 51 rupiya evaziga “Hayotim va qalbim seniki” (1960) filmida suratga tuşişi uçun şartnoma tuzdi. Bu gonorarga mahalliy yemakxonada faqat nonuşta qilib oliş mumkin edi, xolos.
Film muvaffaqiyatsizlikka uçradi, biroq Dxarmendra uçun start berilgan edi. Kinoindustriyadagi dastlabki ön yil mobaynida uning omadi yurişmadi. Dxarmendraning aktyorlik mahoratini kuçli hisoblamasdilar, Dxaram esa iste'dodini isbotlaşga qaror qildi. Undagi işonç va körkam qiyofa özining istiqbolini belgilab berdi.
Oradan köp ötmay, Dxarmendra barça tösiqlarni oddiy tabassumi bilan bartaraf qila boşladi va sekin-asta omad zinasidan kötarila bordi. 60-yillarda Dxaramning tanlaş kölami katta bölmagan. U şartnoma imzolagan kinoasarlar boş qahramoni ayollardan iborat edi: “Mahbus ayol” (boş rolda Nutan), “Taqdir hazili” (Mala Sinxa) va “Main Bhi Ladki Hoon” (Mina Kumari iştirokida).
Bora-bora Dxaram özining taşrifini his etişlarini samimiylik ila singdira boşladi. Biroq u hanuz ikkinçi darajali rollarni öynaşga ham rozi edi. Jumladan, superyulduz Rajyendra Kumar va gözallik qiroliçasi Sayrabonu ijrosidagi “Muhabbat asri” (1964) xuddi şunday film böldi.
Kinodagi kiçik rollaridan söng u boş qahramonlarni öynab, ekranni egallay boşladi va ortiga qaramadi. Keyin bir neçta filmda suratga tuşadigan yulduzga aylandi. “Anpad”, “Bandini” va boşqa filmlarda özgaça qiyofada namoyon bölan Dxarmendrani Nutan bilan dueti oldingi planga olib çiqdi. Dxarmendra-Mina Kumari juftligi esa keyin ommabop filmlarga yöl oçdi.
Minaning özi Dxarmendra bilan qiziqib qolgan edi. Mazkur juftlik ijrosidagi “Gul va toş” (1966) oltin xitga aylandi. Yollanma jinoyatçi rolini öynagan Dxarmendra mardonavorlik, mehr-muhabbatni omuxtalaştirib yubordi va köplab muxlislar orttirdi.
Ayni şu damda Rişikeş Mukxerji Dxaramning hissiy ta'sirçanligidan foydalanişga urinib kördi. Dxarmendra uning “Anupama” (1966) filmida kambağal, biroq özini hurmat qiladigan vazmin yozuvçi rolini ijro etdi. Muvaffaqiyat — oddiylikda
Dxarmendrani haqiqiy yulduz qilgan film “Phool Aur Patther” hisoblanadi. Uning iştirokidagi ilk kartinalar juda romantik tavsifga ega edi. Dxarmendra yoqimtoy, maftunkor yigitlarni öynardi. “Satyakam” filmi yoş aktyorni yangiça ampluada — Hindiston ozodligi uçun kuraşçi sifatida namoyon etdi. Otasi uning qahramoniga zulm ötkazayotgan sahnada indamay turişi Dxarmendrani maşhur qilib yubordi.
Muvaffaqiyatining çöqqisida Dxarmendra jiddiy film prodyuseri bölişga qaror qildi. U Rişikeş Mukxerji suratga olgan “Satyakam”da haqiqat uçun yaşab jon bergan töğrisöz qahramonni yaratdi. Garçand Şarmila Tagor qöllab-quvvatlab, Dxarmendra tomonidan eng yaxşi ijro etilgan rol bölişiga qaramay, film tijoriy jihatdan muvaffaqiyatsizlikka uçradi.
Aynan ana şu muvaffaqiyatsizlik va yangi fenomen — Rajyeş Kxannaning paydo bölgani bois Dxarmendra boşqaça uslubdagi filmlarga şönğidi. Uning eng katta yutuği Kxanna tölqini yuz bergan paytda boşini “suv tubida” uşlab turgani böldi. Qolaversa, ayni şu damda Dxaram uçun sehrli eliksir — Xema Malini topilgan edi. Dxarmendra-Mina Kumari romantik juftligi esa birmunça oldin — “Chandan Ka Palna” va “Baharon Ki Manzil” filmlari tufayli sönib bölgan edi. Aşa Parekx va Şarmila Tagor ham Dxarmendra bilan ajoyib juftlik yaratişsa-da, Xema Malini iştirokidagi duet eng kerakli “porox” hisoblanadi.
Öşa paytda Dxaram-Xema juftligi yettita omadli filmni qamrab oldi: “Olijanoblik”, “Körkam va öjar”, “Yangi zamonlar”, “Sevimli Raj”, “Zita va Gita”, “Tillaqönğiz” va “Döstlar”. Ularning ekran ortidagi muhabbati bilan boğliq ovozalar esa bu tölqinni alangalatib yubordi. Xususan, 1972 yili Dxarmendra boş rollardan birini ijro etgan “Zita va Gita” maşhur böldi. Keyingi filmlar esa yangi ufqlarga yöl oçdi.
1970 yillarda Dxarmendra iştirokidagi filmlar kinoteatrlarni tomoşabinga liq töldirib yuborgan. Ayniqsa, “Qasos va qonun” xuddi Baççan kabi Dxarmendrani ham yuksak darajaga kötardi. Mazkur ekşn Dxarmendraning komediya janridagi iste'dodini ham oçib yuborgan edi. Şaddod raqqosa Basanti va şöx Viruning quvnoq muhabbati ekranda öziga xos hazil-mutoyibani aks ettirdi. Şu zaylda komediya Dxarmendraning taşrif qoğozi bölib qoldi.
Bir neçta filmda birgalikda rollar ijro etgan Dxaram va Xema keyinroq sevişib, turmuş qurdilar.
— Muvaffaqiyat kelib-ketaveradi, — deydi Dxarmendra, — biroq hamişa samimiy bölib qoliş kerak. Men öz ildizimni unutganim yöq. Heç kimga oddiylikni yöqotişni maslahat bermayman, aks holda kalamuşlar poygasining iştirokçisiga aylanasiz. Faqat insoniylik va sofdillikni asrasangiz, millionlarning mehrini qozonasiz. Men hamişa halol bölganman, odamlar ana şu halolligim va yoqimli fe'l-atvorimni qadrlaşadi.
Dxarmendra kinodagi faoliyatining boşida öşa zamon aktrisalaridan farqli ölaroq, sevgi sahnalarida birmunça uyalgan. Masalan, Mina Kumari bilan “Gul va toş” filmida rol öynayotib, quloqlarigaça qizarib ketardi. Unga havas qiladilar, uni yaxşi köradilar
80-yillarning örtalarida Dxarmendra kinoda kamroq suratga tuşadigan böldi, biroq har yili uning iştirokida bir neçta filmlar çiqib turdi. U boşqa tengdoşlari kabi kinoni tark etmadi, balki romantik qahramonlarning otasi rolini ijro etadigan böldi. 90-yillarda esa Dxarmendra özini prodyuserlikda ham sinab kördi.
— Kutganing bölmagaç, köngil qolişi ham röy bermaydi, — deydi u. — Umidsizlik bölmasa, oğriq his etmaysan. Bu tamoyil mening kinoindustriyaga bas kelişimga yordam berdi. Ha, qişloqlik soddadil Dxarmendra hamişa barça odamlarni yaxşi deb işonardi. Kinoindustriyada şunça yilni ötkazgaç, fikri özgardi.
— Men hamişa jöşqin odam bölganman, — e'tirof etadi aktyor. — Botinimda nimaiki bölsa, yaşira olmayman. Juda oçiqman. Hissiyotlarimni kuçli ravişda namoyon etaman. Qattiq ğazablanaman. Jahldorlikni bartaraf etmoqçi böldim, ammo u mening ulkan bölagim ekan. Ammo qahr-ğazab vayronakorlikdan boşqa heç nima olib kelmaydi. Men jahlim çiqqanida telbalarça iş tutaman, keyin esa qattiq puşaymon bölaman. Darhaqiqat, şunday. Bir kuni Dxarmendra şunçalik ğazablandiki, jurnalistni tutib olib, oyoğini osmondan qildi. “Men öşa ondayoq bu işimdan puşaymon böldim va hozirgaça afsus çekaman”.
Dxarmendraning yana bir muammosi — içkilikka mukkasidan ketgani. U uzoq yillar bu illatdan qutula olmadi.
— Içkilik menga hamişa köngilsizliklar olib kelgan. Hayotim mobaynida hamişa zararli ehtiroslardan xalos bölişga intildim, biroq erişa olmadim. Bu odatni bir neça marta taşlaşga harakat qildim, ammo har safar şişani oxirigaça kötarardim. Agar siz mening hayotimga içkilik nuqtai nazaridan nazar solsangiz, oğir behuşlik holati, savollar va undovlarga duç kelasiz.
Şaxsiy hayotiga kelsak, Dxarmendraning birinçi rafiqasi Prakaş Kaur bölib, töylari 1954 yili bölib ötgan. Oilada ikki öğil (Sanni va Bobbi) hamda ikki qiz (Vijyeyeta Ajyeyeta) tuğilişdi. Keyin esa Dxaram hamkor aktrisa Xema Malinini sevib qoldi. Ularning töyi 1980 yili bölib ötdi. Xema Işa va Axanni dunyoga keltirdi.
Xema bilan muhabbat tarixi
Xema Maliniga birinçi bölib köngil izhori qilgan aktyor Sanjiv Kumar böladi. Keyinçalik bu safga Giriş Karnad, Jitendra va Dxarmendra qöşildi. Sanjiv Kumar böydoqlikda vafot etdi.
Aftidan, Sanjiv Kumar va Dxarmendra Xema Malinini bir vaqtda sevib qolişgan. Dxarmendra aktrisa bilan ilk bor 1969 yili film premerasida uçraşdi. Öşandayoq bir-birlariga talpinayotganlarini his etdilar. Keyin esa birgalikda suratga tuşiş uçun törtta filmga şarotnoma imzolaşdi. Bu Bollivuddagi eng romantik muhabbat tarixining boşlanişi edi.
“Zita va Gita” filmidagi iştiroki paytida Xema gözalligi va sof qalbi bilan Dxarmendrani yanada öziga maftun etdi. Xema uning yonida özini qanotlari bordek his qilardi. Oradan ikki yil ötgaç, “Qasos va qonun” suratga olinayotganida ularning hissiyotlaridan barça voqif böldi.
Dxarmendra mazkur filmda Gabbarni öynaşni xohlagan edi. Direktor Rameş Sippi ogohlantirib, agar u Gabbar rolida çiqsa, Xema bilan muhabbat sahnalarini Sanjiv Kumar ijro etişi mumkinligi haqida aytdi. Dxarmendra darhol fikrini özgartirib, Viru rolini egalladi.
Şunday kunlarning birida, suratga olişning ayni qizğin pallasida Dxarmendra Xemadan söradi: “Sen meni sevasanmi?” Aktrisa bu savolni kutmagan, sevişini tan olişga jasorati yetişmas, uydagi mavjud şaroit uning hissiyotlaridan ustun turardi. “Men faqat bölajak erimni yaxşi körişim kerak, — dedi Xema. “Şu javobmi?” — ranjidi Dxarmendra. “Mening boşqa javobim yöq”.
— Otam men uçun topgan juda köplab istiqbolli aktyorlar, munosib kuyovlar bor edi, — deb eslaydi Xema. — Biroq ular meni zarraça hayajonga solmasdi. Nima uçun? Men faqat u (Dxaram) bilan nimanidir his etardim. Nega mantiqan öylamay va jamoatçilik fikrini öylamay, uni tanladim? Bu — taqdir. Şunday böldi. Men heç kimga zarar yetkazişni istamasdim. Qolaversa, bu faqat men bilan yuz bermadi. U ham şuni his etar, meni qöllab-quvvatlar, töla-tökis mening tomonimda edi.
1978 yili Xemaning otasi infarkt tufayli hayotdan köz yumdi. Bu esa sevişganlarga keng yöl oçib berdi. Otasi hayot bölganida Xema heç qaçon uylangan erkakka turmuşga çiqişga botinmasdi. Farzandlar va iş
Dxarmendraning öğillari Sanni va Bobbi Deollar ham aktyor bölib yetişdilar. Jumladan, Sanni xuddi otasining izidan borib, özbek va hind kinoustalarining navbatdagi “Sevgi afsonasi” filmida suratga tuşgan. Işa Deol ham kinoda ildam. U qator filmlarda rollar ijro etmoqda.
Ikki öğli bilan kinoekranda muvaffaqiyatga erişgan Dxarmendra hali-hanuz tomoşabinlarni öz ijrosi bilan hayratga solişda davom etmoqda. U Sanni va Bobbi iştirokida jiddiy va kulgili filmlarda suratga tuşgan.
— Iş men uçun hamişa rağbat bölgan. Bolaligimdan filmlar orzum edi, bugun men bu olamning bir qismiman. Men yuzimda grim bilan ölişni xohlayman, — deydi u.
Bugun köplab aktyorlar Dxarmendra kabi çiqişga harakat qiladi, u esa asliyat bölib qolaveradi. Ikkinçi Dxarmendra bölişi mumkin emas!
Sohibjamol Xema Malini K.Abbos filmining premerasida ilk bor Dxarmendraga közi tuşib, nigohini uzolmay qolgan. Sayrabonu uning italyança qiyofasi borligini e'tirof etgan. Govinda va xotini öğillari xuddi Dxarmendra kabi taşqi köriniş bilan közlarni quvnatişini xohlaganlar.
Biroq Dxarmendra şunçaki körkam erkak emas, u hind kinematografiyasidagi mardlik ramzi ham bölib keldi va şunday bölib qoladi. Anvar Namozov
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi