9 dekabr oqşomida YeÇLning guruh bosqiçi yakunlandi. Ye guruhida birinçi örinni oldindan naq qilgan "Barselona" "Bayyer" maydoniga safar qildi va durang öynadi. Dastlab, öyinning 20-daqiqasida Messi hisobni oçgan bölsa, oradan ikki daqiqa ötgaç, Çiçarito muvozanatni tikladi.

Bu durangdan keyin "Bayyer" hisobidagi oçkolar soni 6taga yetdi, lekin bu yetarli bölmadi. "Roma" bilan bir xil oçko jamğarga jamoa töplar nisbatidagi farq tufayli uçinçi örinda qoldi.

Guruhning ikkinçi uçraşuvida "Roma" Belarusning BATE jamoasi darvozasiga gol ura olmasada (0:0) turnirni tark etmaydigan böldi.

Yevropa çempionlar ligasi, 6-tur
"Ye" Guruhi

Bayyer Germaniya – Barselona Ispaniya 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 20 Messi, 1:1 – 23 Ernandes.
Bayyer – Leno, Ta, Vendell, Xilbert, Toprak, Belarabi, Kramer (Papadopulos, 90), Kampl, Çalxanoglu (Brandt, 79), Mexmedi (Kissling, 70), Ernandes.
Barselona – ter Stegen, Bartra, Alba (Kamara, 74), Adriano, Vermalen, Rakitiç, Serdji Samper, Kaptum (Gumbau, 62), Munir, Messi, Sandro Ramires.
Ogohlantirişlar: Kampl (29), Bartra (51), Gumbau (85), Rakitiç (86).

Roma Italiya – BATE Belarus 0:0 (0:0, 0:0)
Roma – Şçensni, Manolas, Ryudiger, Din, Florentsi, Pyaniç, Nainggolan, Yago Falke (Uçan, 83), de Rossi, Iturbe (Salax, 59), Djyeko.
BATE – Çernik, Mladenoviç, Milunoviç, Polyakov (Dubra, 56), Javnerçik, Gleb, Nikoliç (Karnitskiy, 80), Staseviç, Yablonskiy, Gordeyçuk, Mozolevskiy (Volodko, 60).