Facebook ijtimoiy tarmoği eng muhokama qilingan mavzularni tanlab, 2015 yilga yakun yasadi. Natijalar ijtimoiy tarmoqning matbuot bayonotida keltirib ötildi.

Eng ommabop mavzular u yoki bu voqea yoki savol ijtimoiy tarmoqdagi xabarlarda qançalik köp marta eslangani asosida tuzildi. Jahon miqyosida eng ommabop va muhokama qilingan mavzu AQŞ prezidenti saylovlari mavzusi böldi. 2-örinni 13 noyabrda Parijda sodir etilgan teraktlar mavzusi egalladi. 3-öringa Suriyadagi fuqarolik uruşi va qoçqinlarning ommaviy migratsiyasi muammosi mavzusi qöyildi. Şuningdek, eng muhokama qilingan mavzular qatoriga Nepaldagi zilzila, IŞIDga qarşi kuraş, Baltimordagi namoyişlar, Gretsiyaning qarzi kabilar böldi.

Ijtimoiy tarmoqda eng ommabop siyosatçilar örtasida 1-örinni Barak Obama egalladi, undan keyin Donald Tramp kelmoqda. Eng ommabop artist Ed Şiran böldi, undan keyingi örinlarni Teylor Svift va Kane Uest egalladi. Eng muhokama qilingan sportçi boksçi Floyd Meyvezer böldi, 2-örinni uning hamkasbi Menni Pakyao egalladi.

Eng ommabop film “Yulduzlar janglari”ning yangi qismi, eng ommabop serial “Taxtlar öyini” seriali böldi. Kompyuter öyinlari orasida eng ommabop öyin FIFA 15 öyini böldi.