Özbekistonlik közga köringan tarixçi, professor, tarix fanlari doktori, Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi Goga Abroroviç Hidoyatov olamdan ötdi. Olim 85 yoşda edi.

Goga Hidoyatov 1930 yilning 9 may kuni Toşkent şahrida maşhur drama aktyorlari Abror Hidoyatov va Sora Eşontörayevalarning oilasida dunyoga keldi. M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida öqidi.

1958 yildan boşlab turli ilmiy muassasalarda faoliyat yuritib keldi. Öz ilmiy faoliyatini ÖzSSR FA Şarqşunoslik institutida katta ilmiy xodim sifatida boşladi; 1994-1999 yillarda Özbekiston jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori böldi. 2005 yili pensiyaga çiqdi, lekin ilmiy faoliyatini töxtatib qöymadi va umrining oxiriga qadar yozişda davom ettirdi.

15ta monografiya, 100dan ortiq ilmiy maqolalar, jahonning yangi tarixi böyiça qator darsliklar muallifi. Nafaqaxörlik yillarida internetda köplab ilmiy-ommabop maqolalar bilan çiqişlar qilib turdi, ularda özbeklar va umuman Örta Osiyo xalqlari tarixi böyiça yangi qaraşlarini ifoda etib berdi. Edvard Ollvortning The Modern Uzbeks (Zamonaviy özbeklar) kitobining alohida boblarini ingliz tilidan tarjima qildi.

Oxirgi kunlarda Goga Abroroviç “Tyurkskaya sivilizatsiya” (Turk sivilizatsiyasi) kitobi ustida işladi va uni yakunlaşga ulgurdi.

Kun.uz tahririyati ajoyib tarixçi olimning oilasi va yaqinlariga çuqur ta'ziya izhor etadi.