1992 yilning 10 dekabr sanasida Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining ön birinçi sessiyasida “Özbekiston Respublikasining davlat madhiyasi töğrisida”gi qonun qabul qilingan edi. Özbekiston Qahramoni, xalq şoiri Abdulla Oripov şe'ri, Özbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan madhiyamiz şu kundan yoş va mustaqil diyorimiz suverenitetining ramzi sifatida Prezidentimizning turli mamlakatlarga rasmiy taşriflari çoğida, yurtimizga kelgan xorijiy davlatlar rahbarlarini kutib oliş marosimlarida, davlat tadbirlari, umumxalq bayramlari, sport musobaqalarida baralla yangramoqda.

Qonunga muvofiq, Özbekiston madhiyasi köpçilik huzurida ijro etilganda, agar qonun hujjatlarida boşqaça qoida belgilanmagan bölsa, hozir bölgan kişilar madhiyani tik turgan holda öng qöl kaftini kökrakning çap tomoniga qöyib, harbiy yoki davlatning boşqa xizmatidagi maxsus kiyimdagi şaxslar esa qölini boş kiyimiga qöyib tinglaşi lozim. Agar madhiya Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğining kötarilişi bilan birgalikda ijro etilsa, hozir bölgan kişilar unga yuzi bilan buriladi.

Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga binoan, Davlat madhiyasi töğrisidagi qonun hujjatlarini buziş, — fuqarolarga eng kam iş haqining uç baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa — uç baravaridan yetti baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi. Xuddi şunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo çorasi qöllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bölsa, — fuqarolarga eng kam iş haqining uç baravaridan beş baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa — yetti baravaridan ön baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi».

Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi

Serquyoş hur ölkam, elga baxt, najot,
Sen özing döstlarga yöldoş, mehribon!
Yaşnagay to abad ilmu fan, ijod,
Şuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar - jon Özbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Uluğ xalq qudrati jöş urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!