Eronning janubi-şarqiy viloyatlari Seyston va Belujistonda terrorçilarning politsiya uçastkasiga va patrul maşinasiga qilgan hujumi tufayli tört nafar kişi halok böldi. Bu haqda Tasnim agentligi ma'lum qilmoqda.

"Seyston va Belujiston viloyatlaridagi terakt tufayli tört kişi, jumladan, politsiya bölimi komandiri halok böldi”, - deyiladi agentlik xabarida.

"9 dekabr tongida Nikşaxr şahriga yaqin Axoran aholi yaşaş punktidagi politsiya uçastkasiga terrorçilar hujum qildi. bir nafar politsiya xodimi yaralandi”, - deydi agentlik. Yaradorlaga yordam beriş uçun yuborilgan harbiylardan iborat patrul avtomobili minali pistirmaga duç keladi. Portlaş natijasida ikki nafar politsiya xodimi yaralanadi va bir neça kişi jarohatlanadi. Ularni qöllab-quvvatlaş maqsadida yana bir avtomobil jönatiladi. Ular ham terrorçilarning hujumiga uçraydi.

Tasnimning ma'lum qilişiça, Seyston va Belujiston viloyatlari politsiyasi qömondoni general Xsayin Rahimiy “terrorçilarni imkoni boriça tezroq topişga” körsatma bergan.