Malayziyaning Kuala-Lumpur şahrida Osiyo Çempionlar ligasining yangi mavsumiga qur'a taşlaş marosimi bölib ötadi.

2016 yilgi mavsumda Özbekistondan 4ta jamoa qit'aning nufuzli turnirida iştirok etadi. “Paxtakor”, “Lokomotiv” va “Nasaf” öz iştiroklarini töğridan-töğri guruh bosqiçidan boşlaşadi. “Bunyodkor” esa yagona öyindan iborat pley-off uçraşuvida BAAning “Aş-Şabab” klubini qabul qiladi.

Kuala-Lumpur şahrida ötkazilayotgan klublarning taqdimot marosimida musobaqaning yangi mukofot jamğarmasi ham tasdiqlandi. Unga köra, OÇL-2016 ğolibi 3 million dollarga ega böladi.

Ötgan mavsumda uşbu mablağ miqdori 1,5 million dollarni taşkil qilgandi. Finalga yetib kelgan jamoa esa 1 million dollarga ega böladi. Qolgan bosqiçlardagi mukofot pullari ham oşirilgan.