APLda iştirok etuvçi Uelsning "Suonsi" jamoasi boş murabbiyi işdan böşatildi.

"Garri Monk "Suonsi" boş murabbiyligidan ozod etildi", deyilada jamoa rasmiy saytida.

Klub rahbariyati jamoa körsatgan natijalardan qoniqmadi va Monkka javob berişga qaror qilgan.

U "oqquşlar" bila 22 oy davomida hamkorlik qildi. Uning rahbarligida jamoa 77ta öyin ötkazib, 28tasida ğalaba qozonişga erişgan. 17ta öyinda durang, 32tasida mağlubiyat qayd etilgan.

Ötgan mavsumni jamoa sakkizinçi poğonada yakunlagandi.

Joriy mavsumda esa "Suonsi" jamoasi hozirga qadar ötkazilgan 15ta turdan söng 14 oçko töplab, turnir jadvalida 15-poğonada joylaşgan.

Monkning örniga bundan oldin ham "Suonsi"da işlagan, keyin "Liverpul"da faoliyatini davom ettirgan Brendan Rojyers taklif etilişi kutilmoqda.