Xonanda Lola Yöldoşeva Redpen.uz saytiga bergan intervyusida litsenziyadan mahrum qilinganidan söng şou-biznesga çetdan qaraş imkoniyatiga ega bölganini va şu asosda tegişli xulosalar qilganini aytib ötdi.

“Bugun, “şou-biznes” nomli kema bortidan çetga çiqib qolgan ekanman, bölayotgan işlarni çetdan kuzatiş imkoniyatiga ega böldim, - dedi u. – Afsuski, bizning faoliyatimiz juda kuçli nazoratga tuşib qolibdi. Bu quşning qanotini sindiriş bilan barobar. Ijodkor şaxsni nazorat qiliş mumkin emas. Şungaça bormoqdaki, Instagram’dagi şaxsiy sahifa ham nazorat ostidagi sohaga aylanmoqda. Tamom, senda şaxsiy foto joylaştiriş imkoniyati yöq. Endi mening şaxsiy hayotim konsertim bekor qilinişiga sabab bölmoqda”.

Lekin Lola tuşkunlikka tuşmayotganini, tegişli xulosalar qilayotganini, asosiysi – tinglovçilarini yöqotmayotganini mamnuniyat bilan e'tirof etdi.

“Men tinglovçilarimni yöqotmayapman. Bu muhimroq. Men öz prinsiplarimga qarşi iş qilişni xohlamayman. Har doim murosa qilişga tayyorman, lekin men köna olmaydigan narsalar bor. Umuman, men salbiy tomonlarga öralaşib qolmayman. Har doim odamlar va vaziyatlarda ijobiy tomonlarni topaman. Buning teskarisini qilsang, aqldan oziş mumkin, ayniqsa bizning kasbimizda”, - xulosa qildi xonanda.