10 dekabr kuni poytaxtimizda sil kasalligining oldini oliş, uni barvaqt aniqlaş va davolaşning zamonaviy yönalişlariga bağişlangan anjuman ötkazildi.
Anjumanda Özbekiston soğliqni saqlaş vaziri A.Alimov, Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining mamlakatimizdagi vakolatxonasi boşliği vazifasini bajaruvçi O.Gözalov, AQŞning Özbekistondagi elçisi Pamela L. Spratlen, şuningdek, 90 nafardan ziyod şifokor-ftiziatrlar, laboratoriya mutaxassislari, soğliqni saqlaş muassasalari rahbarlari va tibbiyotga ixtisoslaşgan ta'lim muassasalari pedagoglari iştirok etdi.
Yalpi yiğilişda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti, Yevropa supra-milliy referens-laboratoriyalar, Çegarasiz şifokorlar va Management Science for Health mutaxassislari öz ma'ruzalari bilan qatnaşdi.
Özbekiston Milliy axborot agentligining xabariga köra, joylarda silni barvaqt aniqlaş böyiça maxsus laboratoriyalar taşkil etilib, zamonaviy tibbiy tahlil vositalari bilan jihozlandi. Bugungi kunda tibbiy tekşiruvlar xastalikni erta aniqlaş va davolaş imkonini bermoqda.
Ana şunday tizimli işlar natijasida keyingi yillarda mamlakatimizda sil bilan kasallanişni qirq foizga, ölim körsatkiçini yetmiş foizdan köproq kamaytirişga erişildi. Xalqaro ekspertlar silga taşxis qöyiş va davolaş böyiça mamlakatimiz erişayotgan yutuqlarni, bu yönalişda orttirilgan milliy tajribani alohida e'tirof etmoqda.






