Ispaniya çempionatining 15-turidan örin olgan "Barselona" hamda “Deportivo“ klublari örtasidagi uçraşuvda u qadar kutilmagan hisob qayd etildi. Öyinda dastlab Messi va Rakitiçning gollari evaziga "Barselona" oldinda borgan bölsada, mehmonlar Peres va Bergantinosning gollari bilan javob qaytarişdi. 

Endilikda "Barselona" jamoasi hisobidagi oçkolar soni 35ta va ikkinçi örindagi "Atletiko"da 15 tur öyinida ğalaba qozoniş orqali kataloniyaliklarga yetib oliş imkoniyati mavjud.

"Deportivo" hisobidagi oçkolar soni esa 23taga yetib, jamoa oltinçi öringa kötarilib oldi.

Ispaniya çempionati, 15-tur

Barselona – Deportivo 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 39 Messi, 2:0 – 62 Rakitiç, 2:1 – 77 Peres, 2:2 – 86 Bergantinos.
Barselona – Bravo, Pike, Alba (Mate, 77), Dani Alves, Buskets, Rakitiç (Serdji Roberto, 72), Maskerano, Inesta, Sandro Ramires (Munir, 68), Messi, Suares.
Deportivo – Lyuks, Luizinyu (Dominges, 46), Sidney, Arribas, Xuanfran (Migel Kardozu, 70), Peres, Bergantinos, Laure, Fajr, Navarro, Rodriges (Luis Alberto, 58).
Ogohlantirişlar: Luizinyu (41), Laure (72).