Insonlar bilan foydali muloqotda bölişimiz özimiz uçun yaxşi hisoblanadi.
Buning uçun atrofimizga özimizga munosib bölgan va zarari tegmaydigan kişilarni yiğişimiz kerak.
Bugun sizga darhol voz keçişingiz kerak bölgan yetti turdagi insonlar röyxatini keltirib ötamiz. Negaki, ularning örniga, yaxşi, xuşçaqçaq va ruhiyatingizga yaqin insonlar kelişi uçun joy hozirlanişi kerak.
1. Janjallar “qiroliça”si

Ayrim kişilar ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga keltiradigan asabiyligi oqibatida janjal çiqarişdan “rohatlanişadi”. Undaylarga imkon bera körmang! Undaylarga duç kelsangiz, xotirjamlikni saqlaşga harakat qiling. Özingizga ortiqça asabiylaşiş va janjal orttirmang. Qarşingizdagi kişi janjal çiqarişga harakat qilsa, siz xotirjamlik va işonç bilan unga janjalni xohlamayotganingiz va bunga hojat yöqligini tuşuntiring. Agar janjalkaş kimsa bilan tortişsangiz, bu kayfiyatingizga salbiy ta'sir körsatadi va ortiqça asabbuzarlik tufayli salomatligingizga ziyon yetadi. Şuning uçun uni yölingizdan sekingina çetga uloqtiring-da, e'tiboringizni bölmay olğa yuring.
2. Şaxsiyatingizga tegadigan kimsalar

Hayot yölimizda bizni hurmat qiladigan, qadrlaydigan insonlar bilan birga, kamsitadigan, tahqirlaşga urinadigan kimsalarni ham uçratamiz. Undaylarni tuşuniş, keçiriş va xuddi ular istagandek inson bölişga uriniş bilan vaqtingizni yöqotmang! Sizni boringizça qabul qilib, şundayligingizça hurmat qilmagan insonlardan indamay uzoqlaşing. Bu - öz şaxsiyatingizni hurmat qilganingiz böladi!
3. Orzularingiz qanotini kesadigan pessimist kişilar

Orzularingiz ustidan kulib, ularni tahqirlaşga urinadigan kimsalardan heç ikkilanmay uzoqlaşing! Bundaylar özingizdagi içki işonç, qat'iyatni sindiradi. Ruhingizni çöktiradi. Afsuski, insonlarni orzu-umidlariga erişiş yölidan qaytariş bilan rohatlanadigan kimsalar ham bor. Atrofingizda şundaylar bölsa, ularni özingizga yaqinlaştirmaslikka harakat qiling. Unutmang, ehtiyojlaringiz va uddalaşingiz mumkin bölgan narsalardan boşqalarning fikriga köra voz keçmang! Hayotga optimistik nigoh bilan qarang. Siz öylaganingizdan ortiğiga munosibsiz! Allakimlarning fikri va munosabati orzularingizga çegara qöyişga haqdor emas!










