Noyabr oyi oxirida Vladimir Kliçkoni mağlub etib, superoğir vazn toifasida jahon çempioniga aylangan britaniyalik Tayson Fyuridan Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) çempionligini olib qöygaç, boksçi bunga norozilik belgisi sifatida IBF kamarini unitazga taşladi. U bu holat suratini öz tvitteriga joylaştirgan.

U bu harakatini bajarişdan oldin IBF amaldorlarini ogohlantirgandi.

Kliçkoni yengib, undan WBA, WBO va IBO kamarlarini ham olib qöygan Fyuri IBF kamarini majburiy da'vogar ukrainalik Vyaçeslav Glazkovdan himoya qilişni istamagani uçun jazolangandi.

Mağlubiyatdan keyin Kliçko Fyuridan revanş olmoqçiligini aytgandi. Şuning uçun Fyuri Glazkovning örniga Kliçko bilan yana uruşişni istagandi.

Bundan oldinroq, Fyuri IBF versiyasi böyiça noyabr oyining eng yaxşi boksçisi deb topilgandi.