Boşqa köplab sabzavotlar bilan soliştiradigan bölsak, ular orasida kartoşka yaxşiroq saqlanadi. Agar saqlaşning töğri usullaridan foydalansangiz, yaxşi kartoşka sizni “uyaltirib qöymaydi” va bir neça oy davomida saqlanişi mumkin. Sabzavot supermarketdan sotib olinganmi yoki uni mustaqil ravişda yetiştirganligingiz muhim ahamiyatga ega. Keling, hammasi haqida bir boşidan suhbatlaşamiz.
Kartoşkani qişda saqlaş

Kartoşkani saralab oling. Agar köp kartoşka sotib olgan yoki özingiz yetiştirgan bölsangiz, işni ularni saralab olişdan boşlang. Belkurak yordamida zarar yetkazilgan yoki terisi bölmagan, aynigan kartoşkalarni taşlab yuboring. Bunday sabzavotlar tez aynaydi va çirişni boşlaydi. Agar ular boşqa yaxşi kartoşkalar bilan qolib ketsa, qolganlariga ham çirişni yuqtiradi.

Ajratib olgan, biroz özgargan kartoşkalarni birinçi bölib yeb yuboring. Undan ovqat tayyorlaşdan oldin çirigan joyi va körimsiz doğlarni töliq olib taşlang. Yaxşi, soğlom kartoşkani esa qoronği va quruq joyda saqlang. Saqlaş joyiga yoruğlik va namlik tuşmasligi juda muhim. Bu ikki narsa çirişni keltirib çiqaradi. Yertöla va öralar saqlaş uçun yaxşi joy hisoblanadi.
Bundan taşqari, saqlaş joyida havo yaxşi aylanişi lozim. E'tibor qiling, kartoşka köp hollarda tör xaltalarda sotiladi, bu esa havoning yaxşi aylanişiga yordam beradi. Kartoşkani germetik idişga solmang.

Kartoşkani töqilgan savatça yoki havo yaxşi aylanadigan qutilarga solib köring, kartoşka uçun maxsus idişlar tanlansa, maqsadga muvofiq böladi. Kartoşkaning har bir qavatiga gazeta varağini joylaştiring, bu ular orasida havoning aylanişiga yordam beradi.
Endi esa haroratni salqinlatiş qoldi. Kartoşka 10 ° S dan past haroratda saqlanadi. Maksimal darajada saqlaş uçun harorat esa 2 dan 4 ° S gaça, yertöla, öra kabi qoronğu va salqin joy bölişi kerak.

Diqqat qiling, kartoşkani muzlatgiçda saqlaş salbiy fikr, çunki u yer mazkur sabzavot uçun juda sovuq, bunday sovuq esa ta'm va sabzavotning öziga zarar yetkazadi.







