Rossiya mudofaa vaziri örinbosari Anatoliy Antonov Turkiyaning Rossiya elçixonasidagi harbiy attaşesini Egey dengizidagi tuşunmovçilik yuzasidan Rossiya Mudofaa vazirligiga çaqirtirdi, deb xabar bermoqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi.

Ta'kidlanişiça, 2015 yilning 13 dekabrida Egey dengizining şimoliy qismida, Gretsiyaning Lemnos orolidan 22 km uzoqlikda Rossiyaning “Smetlivyy” qöriqçi kemasi ekipaji Turkiyaning seyneri (baliq tutuvçi kema) bilan töqnaşişning oldini oldi.

“Moskva vaqti bilan soat 09:03 da navbatçi kema ming metr uzoqlikdan langarda turgan “Smetlivyy” kemasi yoniga yaqinlaşayotgan turk kemasini aniqlagan”, deyilmoqda Mudofaa vazirligida.

Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga köra, “Smetlivyy” kemasi ekipaji turk kemasini köp marta ogohlantirişiga qaramasdan, kema rossiyalik dengizçilar bilan radioaloqaga çiqmagan va maxsus vizual signallarga ham javob bermagan.

“Turk kemasi Rossiya qöriqçi kemasiga 600 metrgaça yaqinlaşganda, kemalar töqnaşişining oldini oliş maqsadida turk kemasi harakatlanişi böylab öq tegmaydigan masofada öqotar qurol qöllangan”, deb aytilmoqda xabarda.

Şundan keyingina turk kemasi öz yönalişini keskin özgartirib, Rossiya kemasi yonidan 540 metr uzoqlikda ötib ketgan.

Avvalroq Turkiya Taşqi işlar vazirligi Rossiya elçisini Bosfor körfazidagi Rossiya harbiy kemasi bilan yuz bergan holat yuzasidan çaqirtirgandi.

Öşanda turk OAVlari Istambul fonida Rossiyaning “Tsezar Kunikov” kemasida qölida raketa uçiriş qurilmasini kötarib olgan harbiyni suratga olgan. Turk hukumati bu harakatlarni iğvo deb baholagan.

Rossiya TIVda kema Montre konvensiyasining birorta moddasi va turk yöriqnomalarining tegişli qoidalarini buzmaganini aytgan.