UYeFA (Yevropa futbol uyuşmalari ittifoqi) Fransiyada ötkaziladigan Yevro-2016 musobaqasi orqali topadigan mablağ miqdori 1,95 milliard yevroni taşkil etadi. Bu haqda TASS naşri xabar tarqatdi.
UYeFA turnir öyinlarini translyatsiya qiliş huquqini sotişdan 1 milliard yevro daromad qiladi. Şuningdek, çiptalar sotuvidan 480 million, atributka va boşqalar savdosidan 470 million yevro keladi.
Turnirning mukofot jamğarmasi miqdori 301 million yevro. Şundan 27 million yevro ğolibga beriladi.
Taşkilot jami daromadning 625 million yevrosini turnirning taşkiliy işlariga yönaltirgan. 24 million yevro mablağni turli dasturlar uçun ajratadi.






