Ön yoşli Aron Anderson Şotlandiyadagi çekka orol Aut-Skerrisdagi maktabning yagona öquvçisidir. U darslarga bir özi qatnaydi, tuşlikda ham yolğiz, öyin vaqtida ham bir özi.

Aron otasiga öxşab baliqçi bölişni orzu qiladi. U ingliz tili, matematika, ilm-fan, taom tayyorlaş va mehnatni örganmoqda. Maktabda ikkita sinf xonasi, mehnat honasi, musiqa va mehnat xonalari bor.

Aronning öqişi yiliga 75357 funtdan ortiq turadi. Uning ikki akasi ham mana şu maktabga qatnaşgan, hozirda Aut-Skerrisdan kemada ikki yarim soat yöl masofada joylaşgan Leruik şahrida öqişyapti. Ular uyga faqat bayramlar va dam oliş kunlaridagina kelişadi.

Aron yagona öquvçi böliş ğalati ekanligini tan oladi, biroq uning maşğulotlari köpligi va orolni taşlab ketişni istamasligini aytadi.

Aron Anderson

Aron sinfda

Tanaffusda bir özi öynamoqda

Maktab

Kuçugi Tili bilan

Onasi Denis Anderson bilan

Mili laqabli kuçuk bilan