AQŞ, Kanada va Fransiya geofiziklari Yerda sutkaning davomiyligi oşib borayotganini ma'lum qilişmoqda.
Olimlar öz tadqiqotlari natijalarini Science Advances jurnalida çop etişdi, u haqda qisqaça The Guardian saytida ma'lum qilindi.
Geofiziklar tomonidan ötkazilgan hisob-kitoblarning körsatişiça, 21-asr davomida yerdagi sutka kuniga 5 millisekunddan ortib boradi, Yer aylaniş öqi esa şimoliy qutbdan yaqin yuz yil içida 1 sm ga siljiydi.
Olimlar Yerdagi muzliklar erişi sur'atlarini tahlil qilib bunday fikrga keldilar. Bu şimoliy mintaqalardagi (xususan, Grenlandiyadagi) materiyaning ekvator tomon qayta taqsimlanişiga olib kelişi kerak, buning natijasida sayyoramizning öz öqi atrofida aylanişi sekinlaşadi.
Geofiziklar 2002 yilda okeanşunos Valter Mank tomonidan ötkazilgan global issiqlik oqibatida muzliklar erişining Yer aylanişi va uning oğiş öqiga ta'siriga bağişlangan tadqiqotini aniqlaştirib ötişdi.
Mank bunday ta'sirni aniqlamagan, biroq geofiziklar bu 20-asr davomida dengiz sathi kötarilişining notöğri baholanişi (2 mm örniga 1-1,5 mm deb hisoblangan) sababli yuzaga kelganini aniqlaşdi.






