Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat kanallariga bergan intervyusi efirida sobiq yuqori lavozimli mansabdorlarga nisbatan qözğatilgan jinoiy işlarga izoh berib ötdi.

Korrupsiya haqida söz ketganda, jurnalistlar Qozoğistonning sobiq boş vaziri Serik Axmetov, “Astana EKSPO” milliy kompaniyasining sobiq rahbari Talgat Yermegiyayevga nisbatan oçilgan işlar haqida eslab ötişdi.

“Davlat amaldorida biznes şuğullanişi kerak bölgan köplab işlar bor. Ya'ni ruxsat beruvçi jarayonlar. Men yer sotib oliş uçun ruxsat olgani kelaman. Sen paysalga solaverasan va odam, ehtimol, imzoni oliş uçun pul beriş kerakligini tuşunib, uni beradi. Biz bu haqda gapirganda, doimo şunday deyman:

“Nimaga berasizlar?” Pora oluvçi, pora beruvçi bor, nimaga odamlar buni körib turib, ma'lumot berişmaydi? Aytiş mumkinki, qörqişadi. Şuning uçun biz bu haqda yaşirinça xabar berişga kelişib olganmiz. Toki bizning butun xalq bunga qarşi kuraşmas ekan, biz natijaga erişa olmaymiz”, deb aytdi Nazarboyev.

“Sen ikki odamni aytding, Pavlodar, Otirau akimi, sobiq soğliqni saqlaş, ekologiya vazirlari-çi? Biz qonun oldida hamma barobar deymiz. Men korrupsiyaga qarşi yangi qonunni imzoladim. Biz bunda jahon tajribasini oldik, sovğalargaça ba'zi narsalarni aniqlaştirib oldik. Agar sovğa olmoqçi bölsang, tölab qöy, bu sovğani sotib ol, aks holda davlatga topşir. Albatta, kimdir berkitişi mumkin, biroq u qil ustida turadi”, deb aytdi Nazarboyev.

Nazarboyevning aytişiça, elektron hukumat korruptsiogen vaziyatlarning oldini olişi mumkin.