Tanganing örtaça kursi Qozoğiston fond birjasining ertalabki sessiyasida 322.47 tanga/1 dollarni taşkil qildi. Birja ma'lumotlaridan körinişiça, bu juma kungi sessiyadan 10.55 tangaga köproqdir.

Şu tariqa, Qozoğiston valyutasi tarixiy mimimumni yangiladi. Ilgarigi “rekord” şu yilning 9 noyabrida qayd qilingan bölib, öşanda 1 dollar 321.65 tangani taşkil qilgan edi.
Duşanba kuni sotuvlar hajmi 166.1 mln dollarni taşkil qildi. Juma kungi körsatkiç 138.2 mln dollarga teng bölgan edi.