Qozoğiston prezidentining nabirasi Oysulton Nazarboyev Facebook’dagi sahifasida otasi Rohat Aliyevdan toniş niyati yöqligini ta'kidlab ötdi.
“Yaqinda maşhur qozoq Buqor jirovning (Ablayxonning maslahatçisi) bir hikmatiga közim tuşdi: Әkelі bala jaujүrek, Әkesіz bala sұm jүrek – otasini tan olgan jasur, otasini tan olmagan ayyor”, - deb yozadi Oysulton.
“Men bu sözlarni 10 dekabr kuni öqidim. Şu kuni mening otam 53 yoşini kutib olgan bölardi, ammo, afsuski, Alloh unga boşqa reja qilgan ekan. U oddiy odam emas edi, ammo hayot ham oddiy narsa emas. Unda hamma narsa oq va qora bölmaydi – hayotning ajoyibligi uning tuslari va nyuanslaridadir.
Men uni har doim yaxşi ota sifatida eslayman, u menga yaxşi tarbiya berdi, östirdi, öqitdi, u mening könglimga futbol va umuman sportga muhabbat tukkan insondir. Har qanday vaziyatda ham men öz otamning farzandi sifatida unga minnatdor bölaman”, - ta'kidladi prezident nabirasi.
U otasi haqida har xil narsa öqişini tan oldi.
“Uni hurmat qilgan va yaxşi körganlar bor, uni yomon köradiganlar bor. Men Allohdan qörqaman va heç kimning ustidan hukm çiqarmayman, barçamiz ertami, keçmi Uning oldida bölamiz va öşanda bizning ustimizdan adolatli hukm çiqarişadi”, - qöşimça qildi Oysulton.
Rohat Aliyev 2008 yili Qozoğistonda turli ayblovlar asosida 40 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Vena sudi 2011 yil iyunida uni Qozoğistonda ekstraditsiya qilişdan boş tortdi. Aliyev 2014 yil iyunida Venada hibsga olindi. Dekabr oxirida Vena prokuraturasi uni “Nurbank”ning ikki menejyerining öldirilişi yuzasidan olib borilayotgan işda aybdor deb topdi. 2015 yil fevralining oxirida Aliyev öz kamerasida joniga qasd qildi.






