Dinni niqob qilib va Alloh taoloning nomi bilan odamlarni öldirayotganlarni qanday tuşuniş mumkin? Ularni aqldan ozgan yoki ularning bolaligi qiyinçilikda ötgan yoki bölmasa musulmonlarni yomonotliq qiliş uçun ularga katta pul tölangan yoki musulmonlar yaşaydigan hududlarni bosqinçilar işğol qilişi yoki musulmonlarni atayin obrösizlantiriş uçun qilinmoqda, deb qöyiş eng oson javob bölar edi. Aslida esa muqaddas matnlarni örganayotganlar bu kabi qabih, axloq-odobsiz odamlar oramizda bölişi mumkinligini yaxşi biladilar. Rasululloh sallallohu alayhi vassalom ularning paydo bölişi va ularning xatti-harakatlari haqida xabar berganlar. Ular, ularga ergaşganlar hamda ularning avlodlari bilan aşobi kiromlar ham kuraşgan.

Quyidagi ekstremistlarga xos alomatlar Rasululloh sallallohu alayhi vassalom hadislaridan hamda u zotga ergaşgan aşoblarining ogohlantirişlaridan yiğilgan.

1. Obrölarni tan olmayotgan yoşlar
Ali roziyallohu anhu dedilar:
“Oxiri zamonda yoşlari kiçik, aqllari past qavm keladi...” (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud va Termiziy)
Bu qançalik aççiq körinmasin, biroq öta muhim eslatmadir. Zamon oxirlab qolganda çiqadiganlarining köpçiligi yoş yigitlar bölişadi. Saflarida bilimli va tajribali kattalar, yoşi uluğ kişilar kam böladi. Ibn Hajar rahimahulloh Fathul Boriy kitoblarida ularni yoş yigitlar, deb şarh qilganlar.
Ilmni omonat bilib, keyingi avlodlarga yetkazayotgan katta ulamolar bor. Agar siz işonç va ma'suliyatsiz hamda hayotiy tajribaga ega bölmagan va jumhur ulamolarga zid yoki qandaydir bahsli narsalarni qözğayotgan yoşlar atrofida odamlar töplanayotganini körsangiz, bularning odatda aqllari kalta bölişini bilib olavering. Ularga ergaşib bölmaydi. Ular xolis, samimiy va gaplari burro bölişlari mumkin, biroq ularning fikrlari çala yoki asossiz böladi. Agar qandaydir bir narsani barça mazhab ulamolarni inkor qilayotgan bölsa, demak haq ular tarafida böladi va jumhur ulamolar maslahatiga köra, yoş “ulamolar”dan yuz ögirib yanglişmaysiz. Agar eng katta obröga ega bölgan ulamolar dunyoning barça burçaklaridan jinoyatçi va murtadlarni qoralayotgan bölsa, bir töda yoşlarning fikrlarini devorga otişingiz mumkin. Ahli sunna val jamoat aynan şunday qiladi.

2. Adovat va tentaklik
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlarki, bu odamlar özlarini keskin tutişadi, qöpol va qattiqqöl bölişadi, öylamasdan gapirişadi, ilmsiz bahslaşişadi, hamma narsani hal qila olamiz, deb hisoblaşadi, haq faqat özlarida ekanligini da'vo qilişadi, odamlarning barçasi ular tomonida bölişi kerak, deb fikrlaşadi.