Samarqand viloyati Iştixon tumanidagi “Muhammad Behruz dalasi” va “Mirişkor” fermer xöjaliklari raislari B. Şodiyeva va E. Ötayevlar “Iştixon pilla” MÇJ mansabdor şaxslarining noqonuniy xatti-harakatlaridan norozi bölib huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilişdi. Uşbu arizaga muvofiq tekşiruv ötkazildi.

Tekşirişda ma'lum bölişiça, MÇJ tomonidan mazkur fermer xöjaliklari topşirgan pilla sifati past körsatilib, qabul qilingan mahsulotga belgilanganiça pul tölanmagan.
Şuningdek, MÇJ boş hisobçisi Absamat Yalğaşev va direktori Keldiyor Xudoyqulovlar 2010-2014 yillardagi hisobotlarni soxtalaştirib, 265.442 mln söm miqdordagi soliqlarni tölamagani aniqlandi.

“Huquq” naşrining xabar berişiça, sud ayblanuvçilarning işini körib çiqib, tegişli jazoni belgilagan.