AQŞ prezidentligiga demokratlardan nomzod Hillari Klinton mamlakatda terrorga qarşi kuraşning qisqaça rejasini taqdim etdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Klinton xonimning sözlariga qaraganda, hukumat San-Bernardinodan söng yangi teraktlarga hozirlik körişi hamda Kremniy vodiysi mutaxassislari bilan birga işlab, ijtimoiy tarmoqlar orqali terrorçilarni topiş işini faollaştirişi lozim.
Bundan taşqari, siyosatçi Suriyada aviazarbalar berişni kuçaytiriş hamda IŞID hukmron hududlardan taşrif buyurayotgan odamlarni jiddiyroq tekşiriş zarur deb biladi.
Şuningdek Klinton xonim qurol-yaroğ qonunçiligini qattiqqöllaştiriş lozim deb topdi. Özining CNN telekanalidagi çiqişida prezidentlikka nomzod mamlakat musulmon jamoasini “bizning muştimiz, ösayotgan radikallaşuv va terrorga qarşi oxirgi va eng yaxşi himoya” deb atadi.






