Rossiya prezidenti Vladimir Putin yalpi içki mahsulotining 3 foizlik defitsiti bilan 2016 yilgi federal byudjyet haqidagi qonunni imzoladi. Hujjat huquqiy ma'lumot rasmiy internet-portalida joylaştirildi.

Byudjyet an'anaviy 3 yillik davr örniga faqatgina 2016 yil uçungina qabul qilindi. Yangi byudjyetga köra, daromadlar 13,738 trln rubl, xarajatlar esa 16,099 trln rubl darajasida rejalaştirilgan. Byudjyet defitsiti 2,36 trln rublni yoki YaIMning 3 foizini taşkil qiladi.

Byudjyet 6,4 foizdan köp bölmagan inflyatsiya darajasi va Urals neft turining bir barreli narxi yillik örtaça 50 dollar bölişini hisobga olib tuzilgan.

2017 yil 1 yanvariga içki qarzning yuqori çegarasi 8,818 trln rubl, taşqi qarz 55,1 mlrd dollar qilib belgilandi.

Zaxira jamğarmasining hajmi 2016 yil boşiga 3,4 trln rubl, yil oxiriga 1 trln rubldan sal köproqni taşkil qilişi prognoz qilinmoqda.