Özbekiston terma jamoasi a'zosi Server Jyeparovning "Ulsan Xyunday" jamoasidagi faoliyati yakuniga yetdi.
Janubiy Koreya OAViga asoslanib, championat.asia sayti tarqatgan xabarga köra, "Ulsan Xyunday" 29 yoşli braziliyalik Everton Santos va 33 yoşli Server Jyeparov kabi legionerlar bilan xayrlaşişga qaror qilgan.
Yil boşida "Ulsan Xyunday" safiga qöşilgan Jyeparov uşbu klub safida 22ta öyin ötkazib 6ta gol urdi.

Eslatib ötamiz, Jyeparov 2010-2011 yillarda "Seul", 2011-2013 yillarda Saudiya Aabistonining "Al Şabab", 2013-2014 yillarda "Seongnam Ilva Çunma" kabi xorij klublarida faoliyat olib borgan.
Jyeparovning özi ham koreyslar jamoasini tark etgani haqidagi xabarni tasdiqladi.
"Ulsan"ni tark etganim rost. Hozirça ta'tildaman. Faoliyatimni qaysi klubda davom ettirişimni vaqt körsatadi. Takliflarni keyinroq körib çiqaman", - deydi Osiyoning ikki karra eng yaxşi futbolçisi.






