17 kungi sotuvlarda AQŞ zaxiralarining ösişi haqidagi ma'lumotlar tufayli energetik resurslar narxining tuşişi davom etdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
Brent rusumli neftning fevral fyuçerslarining narxi Londonning ICE Futures birjasida 1 barreliga 37.13 dollargaça tuşib ketdi. 16 dekabr kuni oxirgi marta sotuvga qöyilgan yanvar fyuçerslari narxi 37.19 dollarga tuşdi.
“Yilning bu faslida neft zaxiralarining ösişi juda kuçli salbiy unsurdir, negaki neft mahsulotlariga bölgan talabning yuqoriligi munosabati bilan zaxiralarning tuşişi kutilmoqda. AQŞdan neft eksport qiliş taqiqining bekor qilinişi Brent va WTI’ga ta'sir qildi, lekin narxlarga bevosita ta'sir körsatmasa kerak”, — dedi Samsung Futures xom aşyo bozorlari tahlilçisi Xon Sun Ki.
Ilgari xabar qilinganidek, AQŞ Kongressi fraksiyalari yetakçilari neft eksporti taqiqini bekor qiluvçi qonun loyihasi böyiça murosaga erişdi. Qonun loyihasi böyiça ovoz beriş bugun, payşanba kuni, bölib ötadi, şundan söng u Senat öqişiga kiritiladi.
AQŞ energetika vazirligi ma'lumotlariga qaraganda, neftning tovar zaxiralari mamlakat böylab 4.8 mln barrelga ösib, 490.7 mln barrelni taşkil qilgan. Bu 1930 yildan buyon kuzatilgan maksimumdir.






