Bugun, 17 dekabr kuni, Rossiya prezidenti Vladimir Putin jurnalistlarni ön birinçi marta katta matbuot anjumaniga töplab, ularga ön birinçi marta “yil hisoboti”ni öqib eşittirdi. U öz nutqi davomida Rossiyaning 2018 yilgi jahon çempionatini qabul qilişi haqida töxtalar ekan, FIFAda yuzaga kelgan muammolar hamda taşkilotning uzoq yillik prezidenti Yozef Blatter haqida gapirib ötdi.
Rossiya prezidenti 79 yoşli futbol amaldorining sohada amalga oşirgan işlarini e'tirof etib, unga Nobel mukofoti berilişi kerakligini aytdi.
U, şuningdek, Rossiya JÇ-2018 mezbonligini qölga kiritiş uçun heç kimga bosim ötkazmagani va mezbonlik huquqi soğlom raqobat asosida qölga kiritilgani haqida aytib ötgan.
"Blatter dunyo futboli uçun juda köp işlarni amalga oşirgan. Uning bajargan işlari kölami va futbol rivojiga qöşgan hissasi juda kattadir. U hamişa futbolga şunçaki sportning bir turi sifatida emas, davlatlar va millatlar örtasidagi tinçlik elçisi sifatida qaragan. Aynan mana şuning u Nobel mukofotiga loyiqdir", deydi Putin.
Eslatib ötamiz, Blatter oktabr oyida FIFA tizimidagi poraxörlik jinoyatlarini tekşiriş işlari doirasida 90 kunga futboldan çetlaştirilgandi.






